|
|
|
Ikki qalb
Ozbek kinoijodkorlari muxlislar etiboriga Ikki qalb nomli yangi filmni tez orada havola qilish niyatidalar. Bu kartinani Koha International studiyasi taqdim etadi. Filmning premyerasi yaqin orada bolib otadi.
Ikki qalb filmining rejissori Kimga qanaqa?, Avtoreyd, Shlyager, Siz uchun kabi korsatuvlar orqali bizga tanish bolgan Qahramon Mirmaqsudovdir. Operator esa ORTning respublikamizdagi muxbiri Temur Abdullaev. Scenariy mualliflari Qahramon Mirmaqsudov hamda Ulugbek Zufarovlar. Goya muallifi Jamshid Nabiev. Prodyuser esa, uni bu rolda ilk bor koramiz, Yulduz Oripova.
Ikki qalb filmida Sherzod Pirmatov, Toti Yusupova, Dias Rahmatov, Dilbar Ikromova, Rustam Madiev, Jamshid Sagatov, Jamila Gofurova kabi aktyorlar suratga tushgan. Shuningdek, Yulduz Oripova, xonanda Dilnoza Mirzaxojaeva ham aktyorlikda ozlarini sinab korishga ahd qilishdi.
Bosh rollarda esa aktyorlik olamiga birinchi qadamini qoygan Dilshod Rayimboev hamda Alvido filmi orqali muxlislariga tanish Iroda Nosirova suratga tushgan.
Ikki qalb filmi rejissorining fikrlariga etiboringizni qaratsak: Aslida, bu filmning scenariysi uch yil davomida bitmayotgandi. Lekin Jamshid Nabiev degan yigit scenariy olib kelib qoldi. Osha scenariydagi bazi syujetlar scenariyni bitirishimizga yordam berdi. Bu mening scenariy muallifi hamda kino rejissori sifatida ilk ishim bolgani sabab, biroz qiyinchiliklarga duch keldim. Lekin menga Ulugbek Zufarov ham katta yordam berdi. Film voqeasini avvaldan ochib otirmayman. Lekin ishonchim komilki, tomoshabinlar bu filmni katta qiziqish bilan kutib olishadi. Men shunga ishonaman.
Ketma-ket bosh rollarni ijro etishga taklif qilinayotgan Iroda Nosirova film, ijodiy jarayon haqida nima deydi? Bu haqda uning ozidan soradik:
Ikki qalb filmiga sizni kim taklif qildi?
Qahramon Mirmaqsudov. U bilan avvaldan dostmiz, qolaversa, hamkasbmiz. Uni juda hurmat qilaman.
Yulduz Oripova bilan-chi? Munosabatlaringiz qanday?
U ham dostim. Hamkasbim.
Ijodiy jarayon qanday kechdi? Nimalar esingizda qoldi?
Ijodiy jarayon yaxshi kechdi. Partnyorlarim ham yaxshi. Ayniqsa, Parkentdagi suratga olish jarayoni yodimda qoldi. Ishonasizmi, ikki kechayu-ikki kunduz uxlamadim.
Yog-e, axir, bu juda ogir-ku?
Ha, qiyin. Lekin chindan ham shunday boldi. Yana esimda qolgani, yomgir ostidagi sahna. Bizga ot ochirish mashinalaridan suv sepib turishdi. Negadir yomgir ostiga kirishga chochidik. Partnyorim bilan: Bismillohir rahmonir rahim. Ey Xudo, ozing qolla! deb turibmiz-da. Osha paytda gaplarimiz ham esimizdan chiqib qolaverdi. Bu juda qiziq boldi.
Qahramoningiz ozingizga maqul keldimi?
Ha, maqul keldi.
Filmda suratga tushishga nima sababdan rozi boldingiz? Scenariy yoqdimi yoki rejissor tufaylimi?
Birinchidan, scenariy menga maqul keldi. Ikkinchidan, yuqorida aytganimdek, Qahramon Mirmaqsudovni juda hurmat qilaman. Uning korsatuvlarini avvaldan korib borardim. Kimga qanaqa? korsatuvida chiqishni istardim, havasim kelardi. Keyinchalik TVga kelganimda, tanishdik. Ammo taqdir taqozosi bilan Davrga kirib ketdim. Lekin Qahramon aka bilan dostlashib qoldik. Bir kuni qongiroq qilib: Kino olyapman. Sen ham bir kelib ket, dedilar. Bordim. Aktyorlarning hammasi tayin ekan. Faqat bosh qahramon qiz roliga tanlov bolayotgan ekan. Hammasi gozal-gozal qizlar. Men ham sinov topshirdim. Sinovdan otdim. Rolga tasdiqlashdi. Film yaqinda katta ekranga chiqadi, muxlislar baho berishadi.
KOMILA tayyorladi.
UzKino Bosh sahifa
|